Komitsiyalar
Komitsiyalar (lotincha comitia, comeo-qimirlayman, to’planaman so’zidan)-Qadimgi Rimda xalq yig’ini, amaldor shaxslarni saylagan, urush va sulh masalalarini hal etgan. Komitsiyalarning uch turi bo’lgan: Kuriat Komitsiyalari-kuriyalar bo’yicha yig’ilish, senturiat Komitsiyalari-senturiyalar bo’yicha, tribat Komitsiyalari-hududiy okruglar-triblar bo’yicha butun fuqarolar yig’ini. Komitsiyalarda og’ir jinoyatlar sodir etgan fuqarolar sud qilingan, vasiyatlar e’lon qilingan, farzandlikka olish va yangi urug’larni jamoa tarkibiga qabul qilish masalalari hal etilgan. Milodiy I asr oxirlarida o’z ahamiyatini yo’qotgan.