Kommersiya
Kommersiya (lot. Commercium — savdo) — savdo va savdo-vositachi- lik faoliyati, tovar va xizmatlarni so- tish yoki sotilishiga ko’maqlashishda ishtirok etish. K. faoliyatining asosiy yo’nalishi — tovar va xizmatlarni ish- lab chiqaruvchilardan iste’molchilar- gacha etkazib berish—muomala soxasi hisoblanadi. Mehnat taqsimoti nati- jasida K. faoliyati alohida iqtiso- diy yo’nalish sifatida shakllangan. K. ixtisoslashgan keng soha bo’lib, bugun- gi kunda uning asosiy yo’nalishlariga savdo-vositachilik va reklama faoliyati kiradi. Savdo-vositachilik faoliyati universal va ixtisoslashgan, ulgurji va chakana savdo turlaridan iborat. Rekla- ma faoliyati ham K.ning ajralmas bir bo’lagi bo’lib, tovarlar xizmatlar savdo- sini rag’batlashtirishga yo’naltirilgan faoliyat sohasini tashqil etadi. Reklama iste’molchilar uchun tovar va xizmatlar to’g’risida oshqora axborot etkazadi va ularning sotilishini faollashtiradi. Mahsulotning ishlab chiqaruvchidan xarid etilgan narxi b-n uni iste’mol- chiga sotish narxi o’rtasidagi farq K. da- romadlarini tashqil etadi.