Kommunal gigiena

Kommunal gigiena, aholi yashaydigan joylar gigienasi — gigie- nasining bir bo’limi. Aholi yashaydi- gan joylarda uy-joy sharoiti va atrof muhit omillarining aholi sog’ligiga ta’sirini o’rganadi. Aholining sog’lom va qulay turmush sharoitini ta’min- lash uchun gigiena me’yori va sanitariya qoidalarini ishlab chikali. Abu Ali ibn Sino o’zining «Tib krnunlari» kitobida quriladigan turar joylar kungay, bahavo va quruq tuprokli bo’lishini aytib o’tgan. Ismoil Jurjoniy «Xorazmshoh xazinasi» kitobida nam, zax joylarga uy-joy qurganda poydevori balandroq bo’lishi, shuningdek, atmosfera havosi va ichiladigan suv tozaligini saqlash ke- rak deb aytgan. Aholi yashaydigan joylarning at- mosfera havosi gigienasi va havoni sanitariya jihatdan muhofaza qilish, suv va suv ta’minoti gigienasi, tuproq gigienasi va aholi yashaydigan joylar- ni tozalash, suv havzalarini sanitariya jihatdan muhofaza qilish, turar joy hamda binolar, shuningdek, davolash va profilaktika muassasalari gigienasi K.g.ning asosiy bo’limlaridir. K.g. tur- li tekshirish usullaridan, mas, tashqi muhitni o’rganishda fizik, kimyoviy va biologik metodlardan, tashqi muhitning organizm va kishilar sog’ligiga ta’siri- ni o’rganishda fiziologik, sanitariya- toksikologik, klinik-statistik metod- lar va b.dan foydalanadi. Sanoatda va q.x.da ishlatiladigan ko’pgina kimyoviy moddalarni tajribada tekshirib, yo’l qo’yish mumkin bo’lgan zararsiz miqdor ko’rsatkichlarini tavsiya etadi. K.g. ma- salalari b-n O’zbekiston sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari hamda epi- demiologiya, mikrobiologiya va infek- tsion kasalliklar in-tlari, shuningdek, tibbiyot in-tlarining K.g. kafedralari shug’ullanadi. K.g.ning rivojida o’zbek olimlaridan A.Z.Zohidov, Q.S.Zoirov, S.N.Bobojonov. T.I.Iskandarov, N.S.Tojiboeva, R.U. Ubaydullaev, A.X.Komiljonovlarning xizmat- lari katta. K.g.ga oid ma’lumotlar «O’zbekiston tibbiyot jurnali»da yori- tib boriladi.