Kommunizm
Kommunizm (lotincha communis)-xususiy mulkchilikni inkor qilishga asoslangan turli qarashlarning umumiy nomi (ibtidoiy Kommunizm, xayoliy Kommunizm, “kazarma” Kommunizmi va boshqalar). Unga ko’ra, yagona umumiy (ijtimoiy) mulk jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining asosiy tashkil qiladi. Bu g’oya “ideal jamiyat” nomi bilan Platon, keyinroq T.Mor, T.Kampanella, Sh.Fure va boshqalarning asarlarida ilgari surildi. Kommunizm yoki kommunistik jamiyat nomi bilan XIX-XX asrlarda K.Marks, F.Engels va V.I.Lenin asarlarida nazariy ifodasini topdi. Markscha tarixiy jarayon haqidagi qarashga binoan, Kommunizm kapitalizm o’rnini egallaydigan va o’z taraqqiyotida 2 bosqich (faza)-sotsializm deb ataladigan quyi bosqich hamda to’la Kommunizm deb ataladigan yuqori bosqichni bosib o’tadigan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadir.