KOMPANIYA
KOMPANIYA (Fransuzcha compagnie) — iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, sug’urta va boshqalar) olib borish uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasi. Kompaniya deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xo’jalik jamiyatlari, firmalar, korporatsiyalar, ya’ni turli tashqiliy-huquqiy shakllarga ega bo’lgan korxonalar tushuniladi. Kompaniya yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Kompaniya sherikchilik, korporatsiya tamoyillari, tadbirkorlik faoliyatining boshqa tamoyillari bo’yicha faoliyat ko’rsatishi mumkin.