Komparator
Komparator (lot. compare — taqqoslayman) — 1) fizik kattaliklar- ning o’lchamlarini mos etalon (namuna) o’lchamlariga solishtirib aniqlaydigan o’lchash asbobi (teng elkali tarozilar, elektr-o’lchash potentsiometrlari va b. taqqoslash asboblari); nazorat-o’lchash vositalaridan biri. Mexaniq (elkali tarozilar), elektr (o’lchash ko’prigi), op- tik (optimetr), interferentsion (in- terferometr), stereoskopik va b. tur- lari bor. K. yordamida uzunlik, burchak, massa, bosim, tok kuchi va b. o’lchanadi. Xaritalar tuzish ishlarida stereokom- paratorlar qo’llanadi. 2) astronomiyada — spektrlar va astrofotog’rafiyalarni taqqoslash uchun spektrokomparator va Blink-komparatorlardan foydalani- ladi. K. yordamida yulduzlarning nu- riy tezligi, osmon yoritqichlarining o’zgarishlari, osmondagi bir ob’ek- tning ikkinchisiga nisbatan o’zgarishi aniqlanadi va h. k.