Kompleks

Kompleks o’g’itlar — tarkibi- da o’simliklar hayot faoliyati uchun zarur bir necha asosiy oziq moddalari bo’lgan organik va mineral o’g’itlar. Organik K.u.ga uy hayvonlari go’ngi, qushlar go’ngi, siderat o’simliklarning yashil massasi (ko’kat o’g’it), turli xil kompost- lar kiradi. Tarkibidagi asosiy oziq moddalariga ko’ra, mineral K.o’. ikki elementli (fosforkaliyli, azot-fos- Forli, azot-kaliyli) va uch elementli (azot-fosfor-kaliyli) bo’ladi. Olinish usuliga ko’ra, murakkab o’g’itlar, murak- kab aralash o’g’itlar va aralash o’g’itlarga bo’linadi. Ko’pgina K.o’. tarkibida mi- kroelementlar bo’ladi yoki ularga bu ele- mentlar qo’shiladi.