Kompozitor

Kompozitor (lot. compositor — tuzuvchi, ijod etuvchi) — 1) ko’p ovoz- li musiqa asarlari muallifi, musiqa ijodqori. «K.»atamasi 16-a.ga kelib Italiyada keng tarqalgan. K.lik kasbi ijodkordan musiqiy-ijodiy qobiliyat b-n birga maxsus (kompozisiya fani sohasidagi) puxta bilim ham talab eta- Di. K. nota yozuvi yordamida musiqa asar- larini ijod etadi, yangi, individual badiiy mazmunni ifodalashga harakat qiladi. Shu jihati b-n an’anaviylik mezoniga tayanib monodiya tizimida ijod etuvchi bastakordan farq qiladi. O’zbekistonda K.lik ijodiyoti 19-a.ning oxiri (V.Leysek va b.), ayniqsa, 1920— 30 y.lardan boshlab (V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel va b.) jadal ri- vojlandi. Mahalliy K.lardan M. Ashra- fiy, T. Sodiqov, M.Leviev, M. Burhonov, S. Yudakovlarning ilk ijodiy taj- ribalari 1930— 40 y.larga mansub. 1950-60 y.larda ik. Akbarov, S.Boboev, ‘.Gienko, X,.Rahimov, F.Yanov-Yanovskiy, R.Hamroev, T.Qurbonov, R.Vildanov, Sayfi Jalil, 1970-90 y.larda esa D.Saidaminova, N.Zokirov, R.Abdullaev, M.Bafoev, M.Tojiev va b. ko’p ovozli musiqaning turli janrlarida katta yutuqlarga erishdilar. Mustaqillik davrida O’zbekiston K.larining ijodi yangi bosqichga ko’tarildi. Yosh K.lardan A.Mansurov, D.Omonullaeva, K.Ergashev, D.Yanov-Yanovskiy, N.G’iyosov va b. musiqa hayotiga, shu jumladan, estrada va kino musiqasi, simfonik hamda kamer musiqasi janrlari rivojiga salmok- li hissa qo’shmokda; 2) shaxmat sohasida o’zining mustaqil o’yin uslubi (kompozi- tsiyasi)ni yaratuvchi ijodkor.