Komron, Komron Mirzo
Komron, Komron Mirzo (1509, Agra — 1557, Makka) — shoir va davlat arbobi. Boburning o’g’li. Adabiyot, harb va siyosat ilmlarini dastlab otasi Bobur- dan, so’ngra o’sha davrning etuk olimla- ri, davlat arboblaridan o’rgangan. Otasi hayotligida Qandaxrr va ko-bul hukmroni edi. Bobur vafotidan so’ng Humoyunning farmoni b-n Panjob va Hind daryosi vohasi ham unga topshirildi. Shershoh Suriy Boburiylar davlatini bosib ol- gach (1540), ushbu vaziyatdan foydalangan K. ukasi Hindol Mirzo b-n qo’shilib, Agrani egallaydi. Humoyun Eronga qochib, Safaviylar shohi Tahmaspdan ko’mak so’raydi. K. esa Afg’onistonda ota mulkini asrab, mamlakatni obodonlash- tirishga katta e’tibor beradi. Shoirlar, olimlar, san’atkorlar, hunarmandlarni saroyiga chorlab, ularga moddiy va ma’- naviy jihatdan yordam ko’rsatadi. Kobul- ni ilmu hunar, adabiyot va san’at Mar-kaziga aylantiradi. Afg’onistonning barcha viloyatlarini qo’lga kiritib, o’zini podshoh deb e’lon qiladi. O’z no- miga xutba o’qitib, tanga zarb qildiradi. 1545 y. Humoyun Erondan qarbiy yordam olib, K. tasarrufidagi Qandahor, Kobul, G’azna, Badaxshonni egallaydi. Jangda K. engilib, asirga olinadi. Humoyun K.ning gunohidan kechib, unga Ko’lob hokimligini beradi. Ammo 1 yildan so’ng Humoyunning Balxga ketganidan foyda- langan K. yana akasiga qarshi chiqadi. Ko- bul yaqinidagi Tangihoda bo’lgan jangda K. engilib qochadi (1550), ukasi Askariy Mirzo asirga olinadi. K. pushtunlar qabilasining sardori odam Kaxkar- dan yordam so’raydi. Odam Kaxkar Push- tunlarning mex.mondustlik odatlariga xilof ravishda K.ni Humoyunga to’tib beradi. Humoyun yana K.ning gunohidan kechmoqchi bo’lganida, arkoni davlat bunga yo’l qo’ymaydi. Natijada Humoyun K.ni ko’ziga mil torttiradi. K. Ka’bani ziyo- rat qilib, 3 yil Makkada yashaydi va shu erda vafot etadi. U Muhammad (sav) ning katta zavjalari Xadicha qabrining oyoq tomoniga dafn qilinadi. K. devonining 3 ta qo’lyozma nusxasi saqlanib qolgan. Ulardagi turkiy she’- rlar: 40 g’azal, 21 fard, 26 rubo-iy, 3 qit’a, 9 masnaviy va tarkibband (1114 Miera). Dariy tilidagi she’rlar: 26 ga- zal, 22 fard, 4 ruboiy, 3 qit’a, 4 mas- naviy (346 Miera). Devonining qo’lyozma nusxalariga kirmagan dariy tilida bi- tilgan ba’zi g’azal, ruboiy va fardlar turli tazkira va bayozlardan topilgan. K.ning xrzirgacha ma’lum dariy tilidagi she’rlari 418 mieradan iborat. K. otasi Bobur kabi, asosan, g’azal janrida ijod qilgan. Fazallarida ko’proq sufiyona qarashlar aks etgan («Zihi har zarradin husnung Huvaydo…»). Borliq va undagi barcha narsa-hodisalar Yaratganning- tajallisi bo’lib, butun olam o’zining turli shakllarda tovlanishidan boshqa narsa emasligi kabi ma’lum darajada panteizmga yaqin turuvchi g’oyalarni ilga- ri suradi. Shoirning masnaviylari, aso- san, irfon va tasavvuf, hikmat va pand- nasihat, axloqiy va ma’naviy mavzularga bag’ishlangan. K. devoni qo’lyozma nusxa- lari Hindistonning Pat (Xudobaxsh kutubxonasi, inv. №470) va Kalkutta (Osiyo jamiyati qo’lyozmalar fondi, inv. №668) shaharlarida saqlanadi. As: Devon, T., 1993. Ad.: Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Fayziev T., Temuriylar shajarasi, T., 1995. Habib Abdunazar.