Komyob

Komyob (taxallusi; asl ism-sharifi Sayyid Homid ibn Sayyid Muhammad) (1862.2.9 — Xiva — 1922) — shoir, ta- rixchi. Otadan yosh etim qolib, Fero’z tarbiyasida o’sgan. Xivadagi madrasada tahsil ko’rgan. K. yoshligidan o’zbek va fors tillarida she’rlar yozgan. Keyin- chalik Navoiy, Jomiy, Munis, Ogahiy, Fero’z, Miskin kabi shoirlarning she’- rlariga taxmislar bog’lagan, o’zi ham ko’plab g’azal, muhammas, musaddas, mu- rabba’, mustazod, chistonlar yozib, za- monasining taniqli shoiri darajasiga ko’tarilgan. K.ning 2 qismdan iborat she’riy devoni bizgacha etib kelgan («Tu- mor ul-oshiqin», «Anis ul-oshiqin»). Mazkur devonda 3 mingdan ziyod misrani tashqil etgan she’rlar to’plangan. Ular- da Vatanga muhabbat, in-soniy komillik, hayotni sevish g’oyalari tarannum etilgan. K.ning «Tarix ul-havonin» («Xon- lar tarixi»), «Muntaxab ul-vaqoe» («Voqealar to’plami») nasriy hamda «xo- razm mamolikinda falak hodisasidin voqea ajoyibi zuhur marhalasig’a kel- gonining zikri» nomli esdalik asari ham bor. «Tarix ul-havonin»da Xiva- ning birinchi xoni yashagan davrdan rus bosqinigacha bo’lgan davr qalamga olin- gan. «Muntaxab ul-vaqoe»da xonlikda- gi madaniy, ijtimoiy-siyosiy, tari- xiy, adabiy jarayon to’g’risidagi muhim voqealar, esdaliklarida esa 19-a. oxiri- da ro’y bergan tabiat hodisalari, turli xil g’aroyib voqealar jamlangan. K.ning lirik devonining 4 qo’lyozma nusxasi, «Tarix ul-havonin», «Mun- taxab ul-vaqoe» asarlari va esdalik asari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida (inv. №2627, №3730/ IV, №1257, №1005, №7717, №853/ 111, №3730/1, №3730/111), lirik devonining yana bir nusxasi Rossiya faning mo- skvadagi Sharqshunoslik in-ti fondida (inv. №2324, №1513) saqlanadi. Ad.: D avl atyor Rahim, Shihnazar Ma- trasul, Fero’z — shoh va shoir qismati, T., 1991.