Konfet
Konfet (lot. confectus — tayyor- langan) — qandolat mahsuloti. Shakar qiyomi asosida turli krrishmada: shoko- ladli, pomadali, sutli, mevali, yong’oqli va b. xillari bir yoki bir necha K. masal- liklaridan tayyorlanadi. Shakl berilgan sirtiga shakar, kakao, yong’oq, vafli yoki shokolad upasi, hid va ta’m beruvchi mod- dalar (kakao, vanilin va b.) sepiladi, ichiga esa likyor, sut, asal, yong’oq, povidlo va b. solinadi. K. tayyorlash kuyidagi ja- rayonlarni: K. massasini tayyorlash, K.ga shakl berish, sirtiga shakar va b. sepish, pardozlash, o’rash va idishlarga joylash- ni o’z ichiga oladi. Issiq qiyom massa — si qoliplarga quyiladi, sovib qotgach, siqiq havo yoki cho’tka b-n qolipdan tu- shiriladi. Bo’lash konveyerida shaker va b.ga bo’lanib, sovitish kamerasidan o’tkaziladi va bo’laklarga ajratiladi. K. tayyorlash turli mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. K. sirt qavatini tayyorlashda pomada, pomada-krem, meva, jele, jele-meva, paralin, sut, likyor, krem va b.dan foydalaniladi. Qandolat sanoatida ko’proq pomadali konfetlar (40%) ishlab chiqariladi. K. tarkibining asosiy qismini sha- kar (47,3 dan — 86,8%), qolganlarini esa kraxmal patokasi, asal, meva, rezavor mevalar, kakao, yong’oqlar (funduk, bodom, er yong’oq), hayvon va o’simlik yog’lari, sut va tuxum mahsulotlari tashqil qiladi. 100 g konfetning kaloriyasi 1427-2368 kj atrofida. Yaxshi va pokiza saqlanishi uchun K. qog’oz yoki zar etiketkaga o’raladi. O’zbekistonda «O’zdonmahsulot» dav- lat-aktsiyadorlik korporasiyasi, «O’zoziqovqatsanoat» davlat-aktsiyador- lik kontserni, «O’zbekbirlashuv» uyush- masi tarkibiga kiradigan korxonalarda ishlab chiqariladi (q. Qandolashchilik sanoati). Ad.: Istomina M. M., Eyntor M.B., Sokolovskaya T. A., i dr., Konfeti, M., 1979; Lure I. S, texnologiya konditer- skogo proizvodstva, M., 1992. Po’lat Tursunxo’jaev.


