KONRAD ADENAUER JAMG’ARMASI
KONRAD ADENAUER JAMG’ARMASI— siyosiy ta’lim markazi. GFR federal kantsleri, Ger- maniya xristian-demokratik Ittifoqi partiyasi raisi Konrad Adenauer tuz- gan. Dastlab «Ayxxols» siyosiy ta’lim markazi nomi b-n ish boshlagan (1956). «Ayxxols sh. siyosiy akademiyasi», «xri- stian-demokratik ma’rifat jamiyati» va «xalqaro Hamdo’stlik in-ti» deb ham nomlangan. 1964 y.dan K.A.j. deb atala- Di. Jamg’armaning asosiy vazifasi — kishilarga o’z demokratik huquqlarini tushunib olishga yordam berish. K.A.J. faoliyati 3 yo’nalishda olib boriladi: siyosiy ta’lim, tadqiqot va maslahatlar; akademik xizmat. 1-yo’nalishda siyo- siy ta’limga qaratilgan seminar- lar o’tkaziladi. 2-yo’nalish bo’yicha taraqqiyotning mavjud tamoyillari ku- zatiladi, taxdil qilinadi. 3-yo’nalishda «Maorif, oliy ta’lim va iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash» majmui asosiy vazifani o’taydi. Jurnalistlar uchun ham alohida dastur tayyorlangan. Germaniyada K.A.j.ning 22 ta ta’lim markazi mavjud. Germaniyaning birlashu- VI jamg’arma faoliyati uchun yangi turtki bo’ldi. Jamg’arma yangi federal o’lkalarda keng qamrovli ishlarni yo’lga qo’ydi. Jamg’arma san’at arboblari va siyosat- donlarni birlashtirishga, yozuvchilar, musiqachilar, rassomlar, aqliy mehnat b-n shug’ullanuvchi boshqa soha vakil- lari b-n aloqalar o’rnatgan. Jamg’arma tajribasi xalqaro miqyosda demokratik tamoyillarni qaror toptirishda keng qo’llaniladi. O’zR Prezidenti I. Ka- riMov GFRga rasmiy tashrifi chog’ida (1993) jamg’arma rahbarlari b-n uchrashdi va demokratiyani rivojlantirish bora- sida O’zbekiston b-n hamkorlik qilishga da’vat etdi. Bu taklifga ko’ra, jamg’arma 1994 y. iyul oyida O’zbekistonda o’z faoliyatini boshladi. Jamg’armaning O’zbekistondan tashqari Qozog’iston va Qirg’izistonda ham ish yuritishi uchun Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasi ochildi. K.A.j. o’tkazayotgan siyosiy ta’- limga oid seminarlar, konferentsiya- larda hokimliklar va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari vakillari, tadbirkorlar, ayollar, yosh olimlar, ta- labalar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi. Seminar- larning asosiy mavzusi O’zbekistonda parlament islohotlari, siyosiy parti- yalarning jamiyatdagi rolini oshirish, sud tizimini liberallashtirish va de- mokratlashtirish, nomarkazlashuv va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organla- rini rivojlantirish, kichik va o’rta biz- nesga keng yo’l ochish, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, yoshlar va siyosat, ayol va jamiyat kabi dolzarb mavzularga bag’ishlanadi. Jurnalist- larni qayta tayyorlash xalqaro marka- zi, «Zakovat» tadbirlarni axborot b-n qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, «Iqbol» yoshlar markazi, «ayol va jamiyat» in- ti jamg’armaning asosiy hamkorlari hisoblanadi. Jamg’arma o’z tadbirlarini O’zbekistondagi ko’plab tashqilotlar b-n yaqin aloqada amalga oshiradi. Jamg’arma faoliyatini qo’llab-quvvatlovchi xay- rixoxlar K.A.j.ning do’stlari klubi- ni tashqil etgan. Bu klubning 7000 dan ortiq a’zosi bor. Jamg’armaga 2002 y. 1 avg. gacha Volfgang Shrayber rahbarlik qildi. U «Do’stlik» ordeni b-n mukofot- langan(1997). Gulnora Bobojonova.




