KONSORSIUM

KONSORSIUM (lot. consortium — shirkat, uyushma) — 1. Korxonalaming vaqtincha tashkil etilgan birlashmalari. Ular, odatda, moliyaviy ishlar yuzasidan tashkil etiladi. Unda davlat, banklar, moliyaviy muassasalar, yirik firmalar eshtirok etadi. 2. Muayyan iqtisodiy loyihalar yoki moliyaviy operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida banklar va sanoat kompaniyalari o’rtasida tuzilgan muvaqqat bitim.