Konsortsium

Konsortsium (lot. Consortium -shirkat, ishtirok etish) — kompaniyalar, banklarning kapitaltalab, juda keng ko’lamdagi iqtisodiy loyihani amalga oshirish yoki qarzlarni hamkorlikda joy- lashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi. K. a’zolarining huquq va majburiyatlari K. to’g’risidagi bitimda belgilab qo’yiladi. Qo’yilgan vazifani bajarish uchun K. ishtirokchilari badal- lari hisobidan yagona moliya va moddiy fondlar barpo etadi, byudjet mablag’lari va bankdan kredit oladi. K. o’z buyurtma- chilari oldida hamkorlikda javobgar hisoblanadilar. Vazifa bajarilgach, K. tarqaydi. Dastlab K. bank sohasida may- donga kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoit- larida mamlakatda chet el firmalari va banklari b-n hamkorlikda K.lar vujudga keladi.