KONSOY
KONSOY — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi soy. Kichik O’radaryoning chap irmog’i. Boysun tog’lari yon bag’irlaridan boshlanuvchi 20 ga yaqin irmog’i bor. Uzunligi 30 kilometr, havzasining maydoni 247 kilometr kvadrat. Mavsumiy qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Yillik o’rtacha suv sarfi 0,35 metr kub/sekund. Bahorda suvi ko’payadi, yozda esa kamayib, kichik O’radaryogacha yetib bormaydi. Konsoy suvi sug’orishga sarflanadi.