KONSTANTAN
KONSTANTAN (lotincha constantis — doimiy) — asosi misdan iborat bo’lgan qotishma (40-45% nikel, 1-2% Marganes, qolgani mis). Elektr qarshiligi temperatura o’zgarishiga qaramay yuqori bo’ladi. Korroziyaga chidamli. Konstantan, asosan, Reostatlar, o’lchash asboblari, termoparalarning qizdirish elementlari tayyorlashda ishlatiladi.