KONSTITUTSIYAVIY QONUN

KONSTITUTSIYAVIY QONUN — bir qancha mamlakatlarda konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbalaridan biri. Ba’zi mamlakatlar (aholisi fransuz tilida so’zlashuvchi mamlakatlar, shuningdek, Ruminiya va boshqalar)da – bu konstitutsiyaga o’zgartirish kirituvchi qonun, boshqa mamlakatlar (masalan, Rossiya Federatsiyasi, O’zbekiston va Qozog’iston) da Konstitutsiyaviy qonun konstitutsiyada ko’zda tutilgan masalalar bo’yicha qabul qilinadigan qonundir.