Konstruktiv mantiq

Konstruktiv mantiq (lot. constructo — tuzish, qurish, yasash) — ma- tematik mantiqdagi yo’nalish. Asoschi- lari: L.Brauer, G.Veyl, A.Geyting va b. Chekli ko’p ob’ektlarga mansub bo’lgan printsiplarni cheksiz ko’p ob’ektlarga qo’llashni inkor etadi (mas, butunning qismdan kattaligi haqidagi qoida). Chek- sizlik tushunchasi klassik (an’anaviy) mantiq va K. m.da turlicha talqin etila- Di. Klassik mantiq cheksizlikni tugal mavjud deb, K. m. esa nooshkor shaklla- nayotgan deb qaraydi. K. m. uchun ob’ekt- lar va umuman mantiqiy matematik na- zariyalarni induktiv tuzish (konstruk- tsiyalash) xarakterli. Ayrim olimlar K. m. printsiplariga asoslanib, hoz. zamon matematik mantiq va mat.ning asosiy natijalarini qayta ko’rib chiqishga urinmoqdalar.