KONSULLIK PATENTI
KONSULLIK PATENTI – konsul vakolatlarini tasdiqlovchi guvohnoma. Unda konsulning to’liq ism-sharifi, qaysi toifaga mansubligi, konsullik okrugi va konsullik manzili ko’rsatiladi. O’zbekiston Respublikasi konsullik ustaviga binoan, konsul lavozimga tayinlanayotganida O’zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligida uning konsullik okrugi belgilab berilgan Konsullik patentini oladi (14-modda).