KONTINENTAL YOTQIZIQLAR

KONTINENTAL YOTQIZIQLAR — tog’yon bag’irlarida, Daryo, botqoklik va ko’llar tubida hamda dasht va cho’llarda hosil bo’lgan yotqizikdar. K.yo. har xil ikdim va tabiiy geografik sharoitlarda hosil bo’lgan. Shuning uchun K.yo. tarkibi, qatlamlanishi, rangi, hayvon, o’simlik qoldiqlari va ulardagi qazilma boyli- klarining turli-tumanligi b-n Delta yotqiziqlaridan farq qiladi. K.yo.dagi organik qoldiqlar (flora va fauna) faqat quruklikka xos bo’lib, dengizga mansublari dengiz va quruqlik chegara- sida uchraydi. K.yo. Saralanmagan dag’al, chaqiq tog’jinslari, konglomerat, shag’al tosh va b.dan tashqil topgan (q. Allyu- viy, prolyuviy). Organogen va xemo-gen cho’kindilar aksariyat botkrkdik va ko’llarda to’planadi. Dasht va cho’llarda, Daryo terrasalarida eol yotqiziklar va vaqtincha suv oqimidan qum, alevrit va loyqa b-n birga temir konkresiyala- ri, kaolin, torf, ko’mir paydo bo’ladi. Issiq va sernam gumid iqlim sharoiti- da tub jinslarning kimyoviy nurashidan alyuminiyga boy laterit, boksit, kaolin (delyuviy, elyuviy), ko’mir qatlamlari vujudga keladi. Issiq, yog’ingarchilik kam bo’ladigan iqlimda ko’proq qizil rangli cho’kindi jinslar to’planadi. O’rta Osiyo hududida yura davrining kulrang, bo’r va neogen davrining qizil rangli K.yo. ko’p, ularning qalinligi tog’oldi tekisli- klarida bir necha ming km ga etadi. K.yo.da temir rudasi, ko’mir, torf, kaolin, o’tga chidamli giltoshlar, har xil tuz va gips konlari hamda oltin, qalay, magnetit, platina, olmos va b. Nodir metallarning sochma konlari uchraydi. O’zbekistonning g’arbi va Tojikistondagi bo’r davri hamda Farg’ona vodiysidagi neogen dav- ri K.yo.da sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan gaz va neft konlari bor.