KONTRAKT

KONTRAKT (lotincha contractus — kelishuv) — tomonlarning huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan holda tuzilgan ikki yoki ko’p tomonlama bitim. Fuqarolik va mehnat huquqi munosabatlariga nisbatan qo’llaniladi.