KONTRAPOST

KONTRAPOST (italyancha contrapposto — teskari, aks) — tasviriy san’atda tasvirlash usuli. Kontrapostda tananing bir qismi ikkinchi bir qismiga keskin qarama-qarshi (kontrast) holatida tasvirlanadi. Masalan, tananing yuqori qismi burilgan holatda, quyi qismi esa to’g’ridan ko’rinishi holatida ifodalanadi. Bunda Kontrapost shakl (tana)ning umumiy muvozanatini buzmagan holda shakl ma- romini rivojlantirib, uni harakati yoki tarangligini 3 o’lchamdagi tasvirini beradi.