Konveksiya, atmosferadagi konveksiya
Konveksiya, atmosferadagi konveksiya — harorat farqlari natijasida havoning vertikal harakat qilishi. Bunda ayrim havo oqimlari yuqoriga ko`tariladi, dam pastga tushadi. Havo oqimi kondensatsiya darajasiga yetganda bulut paydo bo`ladi.