Kon’yugasiya
Kon’yugasiya (lot. conjugatio — qo’shilish) — 1) kon’yugat suvo’tlarda — o’ziga xos jinsiy jarayon, bunda tashqi tomondan bir-biriga o’xshash ikkita ve- getativ hujayra suyuqligi qo’shiladi; 2) info’zoriyalarda — jinsiy yadrolarning almashinishi va ularning juft bo’lib qo’shilishi; bunda infuzoriyalar og’iz te- shigi joylashgan tomoni b-n juft bo’lib yaqinlashadi. Qo’shilganda makronukle- US (vegetativ yadro) asta-sekin parchala- nadi, mikronukleus (jinsiy yadro) esa meyoz yo’li b-n 2 karra bo’linadi, shun- dan keyin uchta yadro parchalanadi, bit- tasi esa yana bo’linadi va uning har bir bo’lagi boshqasining yarim bo’lagi b-n almashinadi, ya’ni qo’shilish ro’y beradi va xromosomalarning qo’sh to’plami qayta tiklanadi. So’ngra makronukleus mikro- nukleus ning bo’linishi yo’li b-n qayta tiklanadi. Ba’zan K.da bir hujayradan ikkinchisiga tsitoplazmaning ozgina qismi va shu b-n birga tsitoplazmaning irsiy xususiyatlari ham o’tadi; 3) bakte- riyalarda — bir bakteriya hujayrasidagi genetik materialni ikkinchi bakteriya hujayrasiga olib o’tkazish usuli. Bunda ikkita bakteriya ingichka ko’prikcha b-n bog’lanadi va shu ko’prikcha orqali bir hujayradan (donor) boshqasiga (resipi- ent) dezoksiribonuklein kislota (DNK) ipining bir bo’lagi o’tadi. Resipient- ning irsiy xususiyatlari DNK bo’lagida o’zatilgan genetik informasiya mikdo- riga qarab o’zgaradi; 4) xromosomalar kon’yugasiyasi — gomologik xromosoma- larning juft-juft bo’lib yaqinlashuvi, bunda ularning gomologik qismlari almashinishi mumkin, natijada turli xil anomaliyalar yuz beradi (tugunchalar hosil bo’lishi va h.k.). Jinsiy jarayonda xromosomalar o’zaro qo’shilib ketmaydi; ularda K. faqat meyozning boshida ro’y beradi; so’ngra har xil hujayralarga tarqalib ketadi.


