Kooperativ mulk
Kooperativ mulk — jamoa mul kining bir shakli, ixtiyoriy ravishda kooperativ korxonaga Birlashgan kishi- larning umumiy mulki. K.m. kooperativ a’zolarining badallari, ular tomoni- dan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, uni sotishdan tushgan daromad va korxona nizomida belgilangan boshqa faoliyat- lar hisobiga shakllanadi. K.m. egalari korxona faoliyatida o’z mehnati b-n ish- tirok etadilar. K.m.ning yana bir muhim xususiyati — jamoa a’zolari ixtiyoriy tartibda o’z mulk ulushi b-n korxonadan chiqishi, ya’ni bu mulk taqsimlanishi mumkin. K.m.ning asosiy xususiyati i.ch. vo- sitalari va mehnat natijalariga egalik qilishning jamoa, guruhiy shaklidir. Bunda ishlab chiqaruvchilar (kooperativ a’zolari) b-n i.ch. vositalari (K.m.)ning qo’shilishi jamoa korxonasi bo’lgan Koo- perativ korxona doirasida amalga osha- Di. K.m. boshqa mulk turlari, jumladan, davlat mulkiga nisbatan bir qancha ustun- likka ega (meqnatni rag’batlantirishning pirovard ish natijalariga bog’liqligi, o’z-o’zini moliyalashtirish va ta’minlash, boshqaruvning demokratik shakllari va b.). Kooperativ korxona o’z faoliyatini to’xtatganda yoki turli sabablarga ko’ra bekor kilinganda K.m. byudjet, bank va b. kreditorlar b-n hisob-kitob qilinib bo’lingandan so’ng kooperativ a’zolari o’rtasida Nizomga asosan taqsimlanadi. Hoz. davrda jahonda K.m. asosida tashkil topgan 120 dan ortiq turdagi korxonalar soni 1 mln. atrofida bo’lib, ularda 600 mln. ga yaqin kishi mehnat qiladi. Bunday korxonalar Yaponiya agrar sohasi mahsulotining 90%, Niderlandi- yada 65%, Germaniya, Frantsiya, Ispaniyada 50-52%, AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya va Belgiyada 30% ini etkazib beradi. O’zbekistonda K.m. asosida tuzilgan kor- xonalar, asosan, q.x. va uy-joy qurilishi sohasida rivoj topgan. Qahramon Haqberdiev.


