Koordinasiya
Koordinasiya (lot. so — hamkorlik va ordinato — tartibga so- lish) (biologiyada) — filogenezda or- ganizmning organ va qismlarining o’zaro bog’liq holda rivojlanishi. «K.» terminini rus olimi A.N.Seversev taqlif etgan. Nemis zoologi L.Plate bu hodisani korrelyasiya deb atagan. K. topografik, konstruktiv, biologik va fiziologik bo’ladi. Biologik K.da o’zaro bevosita bog’liq bo’lmagan, lekin bio- logik jihatdan bir-biriga bilvosita ta’sir qiladigan organlarning o’zaro muvofiqlashgan evolyusion o’zgarishlari sodir bo’ladi. Mac, primat larda da- raxtga chiqishga moslanish bosh miya, ko’z va qo’l-oyoqdarning o’zgarishi b-n bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Fiziologik K.da organizmning har xil organlari va sistemalarining o’zaro muvofiklash- tirilgan faoliyati Markaziy nerv si- stemasining qo’zg’alishi va tormozlani- shi jarayonlarining birga borishi b-n bog’liq. Mac, qo’l-oyoqlarni bukishda ish- tirok etadigan muskullarga yuborilgan nerv impulslari bir vaqtning o’zida qo’l-oyoqlarni yozadigan muskullarning tormozlanishiga olib keladi. Yozuvchi muskullarning tormozlanishi esa qo’l va oyoqlarning bukilishini osonlashtira- Di.


