Kopengagen
Kopengagen — Daniya poytaxti. Zelandiya o.ning Sharqiy sohili va unga yondosh Amager o.da joylashgan. Aholisi 495,6 ming kishi (2000). K. atrofi va yo’ldosh shaharlar b-n birga alohida ma’- muriy birlik sifatida ajratilgan — Katta K. shahar aglomerasiyasini tashqil etadi. Shahar qo’lyozmalarda dastlab 1043 y. tilga olingan. 1167 y.da u erda qasr qurilgan. 1254y.dan shahar maqomini ol- gan, 1443 y.dan qirol qarorgohi. K. — mamlakatning muhim sano- at, savdo-moliya va madaniy markazi. Xalqaro transport yo’llari tuguni. Ere- Sunn bo’g’ozining g’arbiy sohilidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. T chamasida). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. T.y. va paromlar orqali Malme, Xelsingborg va Landskruna (Shvesiya) hamda Varnemyunde (Germaniya) kabi shaharlar b-n bog’langan. Mamlakat sa- noatining 1/4 qismi K.da. Sanoatining asosiy tarmog’i —mashinasozlik, jum- ladan, elektrotexnika, priborsozlik, oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar, velo- siped, motosikl, soat, tibbiy soha uchun priborlar i.ch., avtomobilsozlikdir. Shuningdek, kimyo, qogoz, tsement, engil sanoat, xususan, chinni va sopol buyum- lar i.ch. rivojlangan. Oziq-ovqat sanoa- ti korxonalari mavjud. Daniya FA, un-t (1479), texnika oliy maktabi, texnolo- giya, farmasevtika in-tlari, nafis san’- at Qirollik akademiyasi, konservatoriya, Musiqa akademiyasi, ko’plab ilmiy mu- assasalar, muzeylar, botanika bog’i, te- atrlar bor. Me’moriy yodgorliklardan Kristiansborg saroyi, birja binosi, Sharlottenborg saroyi va b. saqlangan. Harbiy dengiz ba’zasi.


