Ko’per (Cooper) Jeyms Fenimor
Ko’per (Cooper) Jeyms Fenimor (1789.15.9, Berlington, Nyu-York — 1851.14.9, Ko’perstaun) — Ameri- ka romantik yozuvchisi. Birinchi Roma- ni — «ehtiyotkorlik» (1820). Amerika inqilobi tarixiga oid «josus» (1821) tarixiy sarguzasht romani unga katta Shuhrat keltirgan. K.ning 32 roman, 10 jilddan ortiq sayohatnomalari hamda bir necha jilddan iborat publisistik asarlari bor. «So’nggi mogikan» (1826), «Cho’l» (1827), «Izqunar» (1840), «Chin- gachguk — ulkan ilon» (1841) va b. roman- larida oq tanlilarga qarshi kurashgan Amerika indeyslarining hayoti, Vatan- parvarligi tasvirlangan. «Losman» (1823), «Boston qamali» (1825) roman- lari dengizchilarning sarguzashtlari- ga bag’ishlangan. Evropadagi voqealar tasvirlangan tarixiy romanlar turku- mi («Qandingni ur», 1831; «Geydenma- uer yoki Benediktliklar», 1832; «jal- Lod yoki uzumzorlar abbatligi», 1833 va b.) K. ijodida muhim ahamiyat kasb etgan. K. 30-y.larning 2-yarmidan bosh- lab Amerika hayotidagi illatlarni fosh etuvchi hajviy asarlar yoza boshlagan. «Mo-nikinlar» (1835) romanida ma’ri- fatparvarlar va J. Svift ijodiga xos ramziylik, majoziylik an’analarini davom ettirgan. Amerika adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan K. asarlari jahondagi ko’plab tillarga tarjima qilingan, ular asosida kino- filmlar ishlangan. As: so’nggi mogikan, T., 1973; Chingach- Guk — ulkan ilon, T., 1971-1986; Josus, T., 1979; Izkunar, T., 1984.