KO’PERS-KRIK

KO’PERS-KRIK, yuqori oqimida Barku— Avstraliyaning Markaziy qismidagi Daryo. Uzunligi 1400 kilometr, havzasining maydoni 285 ming kilometr kvadrat. Katta Suvayirg’ich tizmasining g’arbiy yon bag’irlaridan boshlanib, katta artezian havzasining chala cho’l va cho’llaridan oqadi. Yomg’ir va grunt suvlaridan to’yinadi. O’rtacha suv sarfi 70 metr kub/sekund. Mavsumiy kuchli yomg’irli davrlarda Eyr oqmas ko’ligacha yetib boradi.