KO’RAK

KO’RAK, ko’r ko’sak, olaqaroq — to’la rivojlanmagan, ko’pincha sovuqdan keyin ochiladigan g’o’za ko’sagi. G’o’za tupining kech gullaydigan periferik (chetki) qismida hosil bo’ladi. Ko’rak och yashildan to’q yashilgacha hamda pushti yoki qizil ranglarda bo’lishi mumkin. Ko’rak qulay ob-havoda tez quriydi, lekin pishgan ko’saqlarga nisbatan nim ochiladi. Ko’rak tolasining sifati past. Ko’rak terish Meteorologik sharoitga bog’liq bo’lib, ko’rak tershi mashinasi bilan bajariladi. Qo’lda terilgan Ko’rak quritilgach, ko’sak chuvshi mashinasida paxtasi ajratib olinadi.