KO’RAK TERISH MASHINASI
KO’RAK TERISH MASHINASI — paxta terib olinganidan so’ng g’o’zapoyalarda qrlgan yopiq va yarim ochiq ko’raqlarni, chanoqlarda qolib ketgan, osilib turgan paxtalarni yig’ishtirib oladigan, lozim bo’lganda ularni qisman tozalab beradigan yarim o’rnatma q. x. mashinasi. O’zbekistonda «O’zqishloqxo’jalikmashxolding» kom- paniyasi qator oralari 60 va 90 sm bo’lgan dalalarda qo’llaniladigan SKO- 2,4 va SKO-3,6 rusumli mashina ish- lab chiqaradi. K. t. m.ning asosiy ish qismlari rama, unga o’rnatilgan to’rtta terish apparati (valiklar, Nov, shne- klar), ko’ndalang shnek, qirg’ichli trans- portyor, tozalagich, ventilyator, bunker, ko’tarish mexanizmi va transmissiyadan iborat. K. t. m. 40 — 70 kVt quvvatli traktorlar b-n agregatlanadi. K. t. m. qator oralaridan harakatlanganda yo’naltirgich 7to’rt qatordagi g’o’za tu- plarini terish apparati / ning ish tirqishiga yo’valtiradi. Ko’rak va paxta qoldiklari bo’lgan chanoqlarni qarama- qarshi aylanadigan riflli (taram-taram o’yiqli) valiklar yulib olib bo’ylama shneklar 10 ning novi 9 ga tashlaydi. So’ngra bu massa ko’ndalang shnek 2 ga keladi, u esa vertikal transportyor Z ga o’zatiladi. Transportyor aralashmani to- zalagich 4 ning bo’g’ziga tashlaydi. Tozala- gich ko’saqlarning holatiga qarab uch xil texnologik sxemaga moslab ishlatilishi mumkin. 1sida terilgan ko’saqlarni chu- vib, xas-cho’plardan tozalaydi; 2da te- rilgan xom ko’saqlarni faqat chaqadi; 3da terilgan ko’saqlarni (namligi 30% dan ortiq bo’lganda) chaqmasdan va toza- lamasdan bunkerga o’zatadi. 1 -texnolo- gik sxemada aralashmalar tozalagichning bo’g’izidan o’tib, chaqish barabanining tishli sirtiga to’shadi. Baraban tishla- ri aralashmani dekaning tishli sirtiga ishqalab ko’saqlarni chaqadi, chuviydi va mayda xas-cho’plardan tozalaydi. Un- dan arrali katta barabanga tashlanadi. Bu erda paxta va chiqindilar ajraladi. Paxta arrali baraban tishlariga ilinib cho’tkali barabanga yo’naladi, chiqindilar esa pastga to’kiladi. Chiqindilardan qolgan paxtalarni esa ikkita kichik ar- rali barabandan ajratib olib shnekka tashlaydi. Shnekdan ventilyator 5 b-n so’rib olinib mashinaning bunkeri 6 ga tashlanadi.