KORANA (KHORANA) XAP GOBIND

KORANA (KHORANA) XAP GOBIND (1922.9.1, Jaypur, Hindiston) — Amerikalik biokimyogar. Panjob (1945) va Liverpul (Angliya, 1948) universitetlarini tugatgan. AQSh Milliy akademiyasi a’zosi (1966). 1970 yildan Masachuset texnologiya universitetida ishlagan. Asosiy ishlari kofermentlar, nukleotidlar, nuklein kislotalarni o’rganish va ularni sintez qilishga oid. Genetik kodning mohiyatini aniqlagan. Alaninli tRNKni birinchi bo’lib sintez qilgan. Membrana oqsillarining tuzilishini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1968, R. Xolli va M. Norenberg bilan hamkorlikda).