Korandalik
Korandalik (forscha)-yerni ijaraga olish turi. Korandalikda ijara haqi yer egasiga hosildan hissabay to’lanadi. Asosan, rivojlanmagan mayda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga xos. Korandalik ayrim rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Italiya, Ispaniya va boshqalar) hozir ham qisman uchraydi. Sharqdagi ko’pgina mamlakatlarda Korandalik ijara munosabatlari shakllarida yetakchi o’rinni egallaydi.