Koreya yarim oroli

Koreya yarim oroli – Sharqiy Osiyoda, Yapon dengizi b-n sariq dengiz oralig’ida. Mayd. 150 ming km2. O’z. 600 km chamasida, aksari qismida kengligi 200 km. K.ya.o.da Koreya Respublikasi va KXDRning katta qismi joylashgan. Yarim Orol materik b-n Koreya bo’yni orqali tu- tashgan. Relefi, asosan, tog’li, g’arbida sertepa tekislik. Eng baland joyi — Sharqiy Koreya tog’laridagi chirisan cho’qqisi (1915 m). Sharqiy qirg’oqlari kam parchalangan, g’arbi va Jan.da qo’ltiq va buxta ko’p. Iqlimi mo»tadil, musson- li, Jan.da subtropik iqlim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shim.da -21° dan Jan.da 4° gacha, iyulniki 22-26°. Yiliga 900— 1500 mm yog’in yog’adi. Daryolari sersuv, eng muhimlari: Amnokkan, Tumangan, kim- gan va b. Keng bargli va doim yashil sub- tropik o’rmonlar (Jan.da) b-n qoplangan. Vodiylarda sholi, soya, paxta ekiladi. Foydali qazilmalardan volfram, gra- Fit, magnezit uchraydi. Milliy parklar tashqil etilgan. Yana q. Koreya.