Koreys yozuvi
Koreys yozuvi — fonetik harfiy-bo’g’inli yozuv. 1444 y.da qirol Se jon davri (1419-50)da koreys olim- lari Chon Nin Ji, Sin Suk Chu, son Sam Mum tomonidan yaratilgan. 15-a.ning 1-yarmigacha esa koreys tilida Xitoy IE- roglifik yozuvidan foydalanilgan. Le- kin bu davrda Xitoy tili koreyslarning adabiy tili bo’lgani uchun, yangi milliy alifbo keng tarqalmadi. 19-a. oxiri- ga kelib koreys tilida yana ieroglifik yozuv qo’llana boshladi. Bu yozuv alif- bosi 24 fonemani ifodalaydi. Boshqa fonemalar esa harflarni qo’shish yo’li b-n hosil bo’ladi. Hozirgi K. yo.da 40 grafema mavjud bo’lib, shundan 24 tasi sodda va 16 tasi murakkabdir. Ammo bu grafemalarning tartibi KXDR va Koreya Respublikasida farq qiladi. Ilgari matnlar yuqoridan pastga va o’ngdan chap- ga qarab yozilardi. Hoz. ko’proq chapdan o’ngga qarab yozish rasm bo’lmoqda.