Ko’rgazma

Ko’rgazma — insonning moddiy va ma’naviy faoliyati sohalaridagi yutuqlarni ommaviy namoyish etish. Hoz. zamon K.lari maqsadlariga ko’ra, savdo K.lari (asosan, tijorat maqsadida uyush- tiriladi), ma’rifiy-targ’ibiy (infor — masion) K.lar (badiiy, ilmiy-texni- ka, sanoat, transport va b. sohalardagi yutuqlarni targ’ib qilish); davriyligiga ko’ra, muntazam o’tkaziluvchi (har yili, bir, ikki, uch yilda bir marta va h.k.), no- muntazam o’tkaziluvchi (yubileylar, kon- gresslar, qurultoylar yoki biror boshqa munosabat b-n), doimiy ishlaydigan K.lar; namoyish etiladigan ekspovatlar mazmuniga k o’r a , iqtisodiyotning bar- cha tarmoqlari, fan, texnika va madaniyat sohalaridagi yutuqlar va mahsulotlar namoyish qilinadigan universal K., sa- noat, q.x., san’at va b.ning bir yoki bir necha yondosh tarmoqlarini qamrab oluv- chi ixtisoslashgan K.lar; qatnashchilari tarkibiga ko’ra, jahon, xalqaro, milliy, mintaqaviy va b.ga bo’linadi. Dastlabki sodda shakldagi K.lar mil. AV. 2-1-a.larda Bobil, Finikiya, Misr, Yunoniston, Rim kabi davlatlarda ayrim liniy xalq, bairamlarida o’tkazilgan. Hoz. mazmundagi K. Evropada 16-a. oxi- rida paydo bo’ldi. Yirik korxona (ma- nufaktura)larning vujudga kelishi b-n mahalliy savdo K.lari paydo bo’ldi. Bun- Day K.lar Parij (1763 y.), Drezden (1765 y.), Berlin (1786 y.), Myunxen (1818 i.) va Manchesterda (1843) tashkil qilingan edi. Manufaktura tizimidan mashina- lashgan i. ch. tizimiga hamda umumilliy bozor muno-sabatlariga o’tish davrlari- da K.larning ahamiyati, ayniqsa, katta bo’ldi. Ularda texnika sohasidagi Yan- giliklar ham namoyish etila boshladi. 18-a.ning 60-y.laridan boshlab yirik umummilliy savdo-sanoat K.lari vujud- ga keldi. Shunday K.lar London (1761, 1767), Myunxen (1788), Peterburg (1829) da uyushtiriddi. K.larda savdo bitim- lari tuzilar, iqtisodiy aloqalar yo’lga qo’yilar edi. Umummilliy K.lar hoz. paytda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va jahondagi ko’pgina mamlakatlarda muntazam o’tkaziladi. Milliy K.lar chet ellar- da mamlakatlar o’rtasida kelishuvga ko’ra tashkil etiladi. Ayrim milliy K.lar savdo K.lari ko’rinishida (mas, AQShning London, Milan, Parij, Tokio va b. shaharlardagi savdo markazlari); namoyish zallari ko’rinishida tashkil etiladi. 19-a. 2-yarmidan boshlab xalqaro sa- noat K.lari munosabati b-n maxsus Pa- vilon va inshootlar qurila boshladi. Ularning o’zi ham K.lar o’tkazish jara- yonida ekspovat vazifasini o’taydigan bo’ldi (Londondagi billur saroy, Parij- dagi «mashinalar galereyasi», 1889) va b. Keyinchalik pavilon, ekspovatlar joy- lashtirilgan maydonlar suv havzalari, favvora, gulzor, ko’kalamzorashtirilgan atrof muhit b-n uyg’unlashgan me’mor- lik majmuasiga aylantirildi. Xalqaro K.lar pavilonlari me’morligi har bir mamlakat ekspozisiyasining g’oyaviy maz- munini ochishga xizmat qiladi. Xalqaro savdo erkinligini targ’ib etish maqsadlarida birinchi xalqaro sanoat K.si (birinchi Umumjahon K.) Londonda 1851 y.datashkil etildi. 1851 y.dan 1958 y.ga qadar mamlakatlarning iqtisodiyot, fan, texnika, madaniyat, san’at sohalaridagi yutuqlari namoy- ish etilgan 36 universal jahon K.lari o’tkazildi: Nyu-York (1853, 1939), Pa- Rij (1855, 1867, 1878, 1889, 1890, 1900, 1937), London (1862, 1886, 1908), Vena (1883), Filadelfiya (1876, 1926), Sid- ney (1879), Melburn (1880), Chikago (1893. 1933,1934), Bryussel (1897, 1910, 1935, 1958), Buffalo (1901), Glazgo (1901), Sent-Luis (1907), Lej (1915), Gyoteborg (1923), Uembli (1924/ 25), Bar- selova (1926), Antverpen (1930), Port-o- Prens (1948). 1958 y.dan boshlab Umumjahon K.lari «EKSPO» nomini oldi. Bryus- Selda o’tkazilgan «EKSPO—58″da 52 mamlakat qatnashib, eng yangi markadagi avtomobillar, elektron uskunalar, Avto- matik liniyalar maketlari, rangli tele- vizorlar, xotira mashinasi kabi ixtiro- lar namoyish etildi. 1970 y.da birinchi bor «EKSPO» K. Osiyoda — Osaka (Yaponiya) sh.da «inso- niyat uchun taraqqiyot va uyg’unlik» shiori ostida o’tkazildi. Unda 76 ta mamlakat qatnashib, tashrif etuvchilar soni 64,2 mln. kishiga etdi. 70-y.lardan ixtisoslashtirilgan «EKSPO»lar ham uyushtirila boshlandi. «EKSPO-74» Spokana sh.da (AQSh) atrof muhit muammolariga, «EKSPO-75» oki- vana sh.da (Yaponiya) Jahon okeani mu- ammolariga bag’ishlandi. Oxirgi «eks- Po-2000» umumjahon K.si 2000 y. Gan- noverda «inson—tabiat—texnika» shiori ostida o’tdi. Mazkur K.da 173 ta mamlakat, shu jumladan, O’zbekiston Re- spublikasi ham qatnashdi. Fan va texnikaning yanada rivojla- nishi, i. ch.ning kengayishi va ixtisosla- shib borishi sharoitida xalqaro ixtisos- lashgan savdo K.larining ahamiyati ham ortib bordi va ular 20-a. da umumtarmoq K.lari o’rnini egallay boshladi. Hoz. xalqaro savdo K.ning ko’pchiligi ixtisoslashgan K. hisoblanadi. O’z maqsadlari, ishtirok shartlari va eks- ponentlarga beriladigan huquklariga ko’ra, ular xalqaro yarmarkalarga yaqin turadi. Bunday K.lar turlicha nomlanadi (mas, Frantsiyada — salonlar va yarmarka- lar; Italiyada — salonlar, K., yarmarka- lar; GFRda yarmarkalar va K.,). Xalqaro savdo K.lari xalqaro savdoning rivoj- danishiga yordam beradi. Turkiston o’lkasida tashkil etilgan K.larning ham o’z tarixi bor. Bu o’lkadagi dastlabki K.larda hunarmandchilik va dehqonchilik mahsulotlari na- moyish etilgan. Amir Temur davrida o’ziga xos savdo K.lari tashkil etil- gan. Samarqandning Konigil maydoni- da 400 tacha savdo paviloni (do’koni) bo’lib, ularda hunarmandlarning turli mahsulotlari, ro’zg’or buyumlari, q.x. mahsulotlari sotilgan. Turkiston Ros- siyaga qo’shib olingach, hunarmandchilik va dehqonchilik K.lari bir necha marta tashkil etilgan. Toshkent sh.da birinchi marta maxsus sanoat va q.x. ko’rgazmasi 1870 y.ning yozida uyushtirilgan. Shu yili kosiblar san’ati b-n tanishtirish maqsadida Turkiston o’lka manufaktura K.si ochildi. Toshkent q.x. va mahalliy sanoat K.si (1878), Turkiston o’lka qunarmandlik va sanoat K.si (1886), tur- kiston o’lka q.x. va sanoat mahsulotlari K.si (1890) ayrim mahalliy yutuqlarni ommalashtirish ma’lum darajada rol o’ynaydi. Samarqand (1893), Toshkent (1894) K.lari eksponatlari jihatdan universal bo’lgan. 1900 y.gi Samarqand K.si ipakchilik va asalarichilikka bag’ishlangan edi. Keyin o’tkazilgan Yi- rik K.larning so’ngisi 1909 y. 10 sent.dan 15 okt.gacha davom etgan Turkiston o’lka K.si bo’ldi. U Toshkent sh.ning hoz. Amir Temur xiyobonida tashkil qilinib, unda q.h. va mahalliy sanoat maqsulotlari na- moyish etildi, maxsus yo’l ko’rsatkich bo- sib chiqarildi, «K. axborotnomasi» gaz. nashr qilindi (gaz.ning jami 17 ta soni chiqqan). 20-a.ning 20-y.laridan boshlab re- spublikada mahalliy K.lar o’tkazildi. 1964 y. okt.da Toshkent sh.da 60 gektar maydonni egallagan, doimiy ishlay- digan O’zbekiston SSR xalq xo’jaligi yutuqlari K.si ochildi. O’zbekiston sobiq Ittifoq qatnashgan Parij (1939), Nyu-York (1939), Bryussel (1958), Mon- Real (1967), Osaka (1970) sh.laridagi jahon K.larida Ittifoq tarkibidagi respublika sifatida qatnashgan. Shunda ham O’zbekistonda chiqarilgan tovarlar, mahsulotlar o’zbek xalqining an’anaviy kasbkorlari yuqori baho olgan. O’zbekiston mustaqillikka erish- gach, K.lar tashkil qilishga alohida e’- tibor berila boshladi. Ularning eng yiriklari «O’zekspomarkaz» (Respu- blika savdo-ko’rgazma markazi), Ras- somlar uyushmasiga qarashli «hamar» K.lar zali, «O’zko’rgazmasavdo» (Re- spublika yarmarka savdosi markazi) hisoblanadi. O’zbekistonning bosh K.si — «O’zekspomarkaz» O’zbekiston Re- spublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan, sobiq O’zbekiston SSR xalq xo’jaligigi yutuqlari ko’rgazmasi asosida 1992 y.da tashkil etildi (yana q. Qishloq xo’jaligi ko’rgazmalari). Ad.: Chabrov G.I., Turkestan va Vseros- siyskom i vsemirnix vistavkax (1867— 1914 gg.), [Trudi SAGU], T., 1958; Osno- VI vistavochnogo dela, M., 1980. Baxtiyor Ermatov.