Koriolis kuchi
Koriolis kuchi — biron si- stemaga nisbatan harakat qilayotgan jismga shu sistema aylanma harakati ko’rsatadigan ta’sirga asoslangan iner- tsiya kuchi. T.T.Koriolis nomiga qo’yilgan. Aylanayotgan sanoq sistemasi (er) da harakatlanayotgan jism K. k. ta’sirida o’z nisbiy tezligi v ga va sistemaning burchak tezligi p ga tik yo’nalgan to- monga og’adi yoki bu kuch shunday og’ishga qarshilik ko’rsatayotgan jismga ta’sir qiladi. K. k. jism massasining Korio- lis tezlanishiga ko’paytmasiga teng va shu tezlanish yo’nalishiga qarama-qarshi yo’nalgan: /1 = ~m»t , bunda t —jism massasi, a =2[y5,b] —Koriolis tez- lanishi. Sutka davomida aylanayotgan erga yuqoridan erkin to’shayotgan jismlar- ning Sharq tomonga og’ishi, er sirtida harakatlanayotgan jismlar erning shim. yarim sharida shu jismlarning harakatiga nisbatan o’ngga, Jan. yarim sharida esa chapga og’ishi K. k. tufayli-dir. Er sekin aylanganligi tufayli, bu og’ishlar juda kichik bo’ladi. Juda katta tezlikdagi jism harakatlarida (mas, raketa va ar- tilleriya snaryadlarining uchishida) yoki jism harakati juda uzoq vaqt davom et- ganda (mas, erning shim. yarim sharidagi daryolar suvining o’ng qirg’oqni yuvishi, Jan. yarim sharida esa chap qig’oqni yuvi- shi) bu og’ishlar sezilarli bo’ladi (bun- da er aylanma harakatdagi «jism», Daryo suvi — erga nisbatan harakatlanayotgan «jism»). K. k. texnika (ayniqsa, kosmo- navtika), meteorologiya, ballistikada hisobga olinadi.


