Korolyov Sergey Pavlovich
Korolyov Sergey Pavlovich [1906. 30.12(1907.12.1), Jitomir — 1966.14.1, Moskva] — raketa-kosmik sistemalari bo’yicha rus olimi, konstruktor, akad. (1958). Kosmik fazoni o’zlashtirish ta- rixidagi dastlabki yutuqlar K. nomi b-n bog’liq. 1924 y. Odessadagi Pro- fessional qurilish maktabini tugat- gan. Kiev politexnika in-tini (1926), Moskva Oliy texnika bilim yurtini va ayni vaqtda, Moskva uchuvchilar makta- bini tugatgan (1930). K.E.Tsiolkovskiy ishlari b-n tanishgach, K. raketa tipi- dagi uchuvchi apparat yaratish g’oyasi b-n qiziqadi. K. rahbarligida 1933 y. avg.da suyuq yonilg’ili birinchi raketa «gird- 09″ uchirildi. 1933 y. oxiridan reak- TIV i-tda, 1942-46 y.larda konstruk- torlik byurosi bo’limida ishladi. U boshqariladigan kanotli raketa (1939 y. uchirilgan) va raketa-planyor (1940 y. uchirildi) loyihasini ishlab chiqqan. K. seriyalab ishlab chiqariladigan harbiy samolyotlarga suyuq yonilg’ili raketa tezlatkichlari o’rnatish masalasi b-n shug’ullangan. K.ning keyingi ilmiy FA- oliyati qudratli raketa sistemalari yara- tishga qaratildi. Uning rahbarligida ballistik va geofizik raketalar, el- tuvchi raketalar, bortida kosmonavtlari bo’lgan»Vostok» va «Vosxod» kosmik ke- malari, er va oy sun’iy yo’ldoshlari yara- tilgan. Oy, Venera va Marsga uchirilgan avtomatik st-yalar, «elektron», «mol- niya-1», «Kosmos», «zond» seriyasidagi sun’iy yo’ldoshlar ham K. rahbarligida ishlab chiqilgan. Oyning teskari tomo- nidagi talassoidga. K. nomi berilgan. As: Raqstniy Polyot v stratosfere, M., 1934. Ad.: Astashe n kov P. T., Akademik S. P. Korolyov, M., 1969; Romanov O. P., Konstruktor kosmicheskix qorabley, 2 izd., M., 1971.