KORPORATSIYA
KORPORATSIYA (lot. corporatio – birlashma, uyushma, hamjamiyat) — rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron bir faliyat uchun uyushgan huquqiy va jismoniy shaxslar majmui. Korporatsiya bir kasb yoki faoliyat sohasida fuqarolarni birlashtirishi ham mumkin. Korporatsiya ittifoq, birlashma, jamiyat bo’lib, xususiy, guruhiy, kasbiy manfaatlar asosida birlashish hisoblanadi.