Korrupsiya

Korrupsiya (lot. corruptio — ay- nish, poraga sotilish) — mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishidan ibo- rat amaliyot. Mansabdor shaxslarni so- tib olish, ularning poraga sotilishi qam K. deyiladi. K. davlat apparati va par- lament faoliyatida ayniqsa, avj oladi. Saylanadigan lavozimlarga nomzodlar saylov kampaniyasini o’tkazish xarajat- larini ko’tarish K. ko’rinishlaridan bi- ridir (saylangan kishi turli imtiyozlar, yordam, xizmatlar ko’rsatib «o’z qarzini» qaytaradi). Aksariyat K. lobbizm (mono- poliyalarning Qonunchilik organlari va amaldorlarga tazyiq o’tkazish b-n shug’ullanadigan muassasa va agentlari tizimi) b-n bog’langan. Xalqaro daraja- da 1970-y.larda Yaponiyaga samolyotlar so- tishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish bo’yicha «lok- xid ishi» eng yirik K. ko’rinishlariga misol bo’ladi. Porani xaspo’shlash uchun yirik bitishuvlarda ko’proq «xizmat haqi» to’lash amaliyotidan foydalanila- Di.