Korteslar

Korteslar (ispancha cortes, corte-qirol saroyi so’zidan)-o’rta asrlar davrida Pireney yarimoroli davlatlarida toifaviy-vakillik organlari (G’arbiy Yevropada ilk bor). Dastlab 1137 yili Kastiliyada tilga olinadi. XIII-XIV asrlarda katta rol o’ynagan. Dastlab Korteslar tarkibiga faqat zodagonlar va ruhoniylar kirishi mumkin edi. 1188 yili shaharliklar ham ularda qatnashish huquqini qo’lga kiritdilar. Absolyutizm o’rnatilishi bilan o’z ahamiyatini yo’qotgan.