Korvolant

Korvolant (fransuzcha corps volant-uchqur korpus)-otliqlar, piyodalar va yengil artilleriyadan tashkil topgan jangovar birlik. 1701 yili Pyotr I tomonidan tashkil etilgan. 1701-1721 yillardagi Shimoliy urush vaqtida mavjud bo’lgan. Dushmanning orqa tomonidan harakatlanish, uning aloqa vositalarini qo’lga tushirish, raqibni ta’qib etish va yo’q qilishga mo’ljallangan. Asosiy kuchlardan ajralib qolganda mustaqil qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan. Eng muvaffaqiyatli janglari 1708 yil 28 sentabrda Pyotr I ning shaxsiy qo’mongonligi ostida (7000 nafar otliq, 5000 nafar piyoda) Lesnaya qishlog’i yaqinidagi jangda Levyangault korpusini tor-mor keltirgan. 1706 yil 18 oktabrda Kalish ostonasida A.D.Menshikov qo’mondonligi ostida (17 000 askar va zobit) general Mardefelt boshchiligidagi 28 000 kishilik qo’shinni yenggan.