KORXONA MULKI

KORXONA MULKI — asosiy fondlar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralari yig’indisidan iborat. Uning tarkibiga: materiallar, tayyor mahsulot, kelgusi davr xarajatlari, hisobot davrida (kunida) mahsulot tannarxi tarkibiga kiritilmagan, lekin amalga oshirilgan ishlab chiqarish xarajatlari, qoldiq mahsulotlarning muomala xarajatlari va ortib jo’natilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqalar kiradi. Soliqqa tortish bazasi (asosi) hisoblanayotgan paytda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiradigan predmetlarning qiymatidan eskirish summasi chiqarib tashlanadi.