Kosa

Kosa — 1) suyuqlik, turli taomlar- ga mo’ljallangan uy-ro’zg’or buyumi; og’zi keng, ichi chuqur, tagi torroq, taglikli idish. Badiiy xunarmandlikda sopol, chinni, mis va b.dan tayyorlanib, ichi bez- aksiz, usti kurkam qilib bezatiladi. Hajmi (kosacha, nimkosa, miyona K., sho- kosa va b.), xom ashyosi (sopol K., chinni K., mis K., yog’och K. va b.), ishlatilishi (osh K., obikosa, sharbat K., qaymoq K. va b.) ga qarab farqlanadi. K. ko’p mam- lakatlarda, ayniqsa, Sharqda qadimdan keng tarqalgan. Dastlab qo’lda loydan yasalgan, kulollik charxi paydo bo’lgach, shakli hamda bezagi takomillashib bor- gan. O’zbekiston hududi (Farg’ona vo- diysi Chust sh. yaqini)dan mil.AV. 2-ming yillikka mansub sodda, bir oz dagal so- Pol K.lar topilgan. Hozirda Toshkent, Samarqand va b. chinni z-dlarida, ustaxo- nalarda tayyorlanayotgan ko’rkam bezaqli nafis chinni K.lar mashhur; 2) kosacha; muqarnaskl tashqil etuvchi qism, katakcha.