Kosamon

Kosamon-katta to’y va boshqa ma’rakalarda mehmonlar oldiga dasturxon yozib, patnis va taom qo’yuvchi maxsus kishi. Kosamon shahar mahallari va qishloqlarda jamoatchilik tomonidan maxsus saylab qo’yiladi. U asosan erkaklar jamoasiga xizmat qiladi. Kosamon mehmonlarni tartib bilan kutib, osh qo’yish, joylashtirish va kuzatish ishlariga boshchilik qiladi. Kosamon O’zbekistonning ayrim viloyatlarida bovurchi, dasturxonchi, tabbox nomlari bilan ham ataladi.