Kosmanachi kumush ruda koni
Kosmanachi kumush ruda koni — Qizilqum cho’lining Tomditov tog’lari Jan.dagi kon. Konning maydo- ni besapan svitasining o—S yoshida- gi flishoid jinslari (metaalevrolit, metaqumtosh, kremniyli dolomit jin- Slarining linzalari va quyi devonning karbonatli maydalangan jinslari) dan tashqil topgan. Kondagi maydalan- gan, brekchiyalashgan va g’ijmaloqlangan hamda Sharq va Jan.-sharqqa 5-30° bur- chagida qiya tushgan qatlamlararo zonalar ruda sig’imli strukturalardir. 13 ru- Dali jism aniqlangan. Rudalanishning tik yo’nalishidagi yoyilish kulami 400 m dan ortiq, eniga yoyilishi bo’yicha 1200— 1300 m, tushish bo’yicha esa u 1400 m gacha ko’zatilgan. Rudaning asosiy qimmatli komponenti — kumush, juda muhim ara- lashmalar sifatida esa — oltin, palla- diy va b. Ad.: Geologiya i poleznie iskopaemie Respubliki O’zbekiston, T., 1998.