Kosmik rasadxona

Kosmik rasadxona — er sun’iy yo’ldoshlari orbitasida harakatlanuvchi kishi boshqaradigan yoki avtomatik ra- vishda ishlay oladigan ilmiy tadqiqot kompleks st-ya. Avtomatik ishlaydigan K. r. boshqa sayyoralarga (oy, Venera, Mars va h.k.) ham uchirilgan. K.r.lar yordamida Er va uning atrofidagi kosmik muhit, ra- dioastronomik holat hamda meteorolo- giyaga oid kuzatishlar olib boriladi; K. r. lardagi sharoitda turli kimyoviy ele- mentlar va biologik birikmalar tekshi- riladi. K. r. dan xarbiy maqsadlarda ham foydalaniladi. Sobiq Ittifoq, AQSh va b. davlatlarda ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan qator K. r. lar yaratilgan. Ularga o’rnatilgan teleskoplar va ilmiy kuzatuv asboblari yordamida Quyoshdagi fizik jarayonlar, yulduzlararo va Galak- tikalararo muhitga oid ilmiy ishlar o’tkaziladi, Quyosh sir-tidagi portlash- lar natijasida yuzaga keladigan kuchli kosmik nurlarning tarqalishi, bu nur- larning er atmos-ferasida yutilishi va b. tabiati chuqur o’rganildi, koinotdagi rentgen nurlari manbalari aniqlanadi. Kosmik fazoni o’rganish va o’zlashtirish maqsadlarida mo’ljallab tuzilgan hamda amalga oshirilayotgan qator alohida dav- latlar (Rossiya, AQSh, Germaniya va b.) da- sturlari mavjud.