Kosmik zondlar

Kosmik zondlar — er atrofi va sayyoralararo fazoni, Quyosh siste- masidagi osmon jismlarini fizika- viy jihatdan tadqiq qilish uchun uchi- ri-ladigan ilmiy apparatlar. K. z.ni uchirish 1959 y. 2 yanv.da «Luna — 1″ning Oyga parvozidan boshlandi. «Luna», «Zond», «Venera», «Mars», «Mariner», «Serveyer», «Lunar Orbiter» va «Apol- lon» tipidagi K. z. uchirildi. Er va oy atrofidagi radiasiya, kosmik nurlar intensivligining o’zgarishi va Kosmos da magnit maydoni o’rganildi. Oyning Erdan ko’rinmaydigan tomonining foto- suratlarini olib, oyning to’liq xarita- sini tuzishga va globusini yasashga imkon berdi. Oyning yaqin atrofdagi kosmik fazoni va oy sirtidagi ob’ektlarning evolyusiyasi o’rganildi, oy tuprogi- ning umumiy xossalari tekshirildi, oy massasi va tortishish maydoni haqida ma’lumotlar olindi. Oy tuprog’ining mexaniq xossalari, oydagi seysmik sha- roitlar o’rganildi, oyning harakat na- Zariya-siga oid aniqliklar kiritildi. Sayyoralar avtomat apparatlar yordami b-n tadqiq qilindi. Uzoq kosmosni o’rganish maqsadida Venera va Marsga qator K. z. uchirildi. Venera sirtiga birinchi ilmiy st-ya — «Venera-4» qo’ndirildi. «Venera-4» va undan keyingi «Venera» tipidagi K. z.ning erga o’zatgan ma’lu- motlariga, asosan, Venera sirtining t-rasi taxm. 400°, ATM. bosimi 100 ATM. ekanligi, atmosferasi tarkibida, aso- san, karbonat angidrid borligi ma’lum bo’ldi. Er — Quyosh oralig’idagi kosmik fazoda kosmik nurlar, magnit maydoni, ayniqsa, Quyosh radiasiyasi haqida yangi ma’lumotlar olindi. Marsga «Mars-2», «Mars-3» va «Mariner-3» avtomat st — yalari uchirildi, ular Marsning sun’iy yo’ldoshlari bo’lib qoldilar. «Mars-2» dan maxsus kapsula ajratilib, Mars sirtiga qo’ndirildi. Bunday K. z. yorda- mida Mars haqida muhim ma’lumotlar olindi. Mars sirtining t-rasi -110, +13° oralig’ida o’zgarishi, atmosferasi, asosan, karbonat angidriddan iboratli- gi, magnit maydoni sezilarli darajada emasligi ma’lum bo’ldi.