Kosmodrom

Kosmodrom (Kosmos va Yun. dromos — yugurish, yugurish joyi) — ra- keta-kosmik tizim (RKT) larni ekspe- rimental o’rganish, shuningdek, kosmik uchish apparatlarini tadqiqot dasturiga muvofiquchirish uchun mo’ljallangan in- shootlar, jihozlar va ajratilgan joy- lar majmui. Odatda, K. lar juda katta hududni egallaydi. K. quriladigan joy- ni tanlashda, ko’pincha ko’pgina qaltis sha- roitlar hisobga olinadi. K. aholi yashay- digan joylardan uzoqda bo’lishi, kosmik ob’ektlarning uchish trassalari havodagi uchish apparatlari (samolyot, vertolyot va b.) ning harakatlariga xalaqit ber- masligi lozim. K. hududi asosiy qism, eltuvchi raketa (er) bosqichlarining tu- shish joylari, tushiruvchi apparatlar- ning qo’nish joylari, kosmik ob’ektni uchish trassasi bo’yicha ko’zatib turuvchi erdagi st-yalarga bo’linadi. K. tarkibi- ga texnik jihozlar o’rnatish va start olish joylari, komanda (buyruq) berish va o’lchash majmui, qidiruv va qutqaruv vositalari majmui, turar joy maj- mui hamda yordamchi xizmat ko’rsatish tarmoqlari va b. kiradi. Hozirda ishlab turgan K.: Kapo’stin Yar, Plesesk (Ros- siya), Boyqo’ng’ir (Qozog’iston), Sharqiy sinov poligoni, G’arbiy sinov poligoni, Uollops (AQSh), Kuru (Frantsiya), uti- noura, Tanegasima (Yaponiya), Chanchentsze (Xitoy), San-Marko (Italiya), Shrixari- kota (Hindiston) va b. Dunyoda birinchi Er sun’iy yo’ldoshi (1957) va kosmonavt (Yu. A. Gagarin, 1961) Boyqo’ng’ir K.dan uchirilgan. Ad.: Tverdovskiy V. N., Kosmodrom, M., 1977.