KOSMONAVTLAR DENGIZI

KOSMONAVTLAR DENGIZI — Hind okeanining chekka dengizi. Antarktida qirg’oqlari yaqinida, Enderbi Eri va Riser-Larsen dengizi oralig’ida. Maydoni 698,6 ming kilometr kvadrat. Eng chuqur joyi 4798 metr. Harakatlanuvchi muzlar, aysberglar bor. 1962 yilda rus Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan dastlabki kosmonavtlar nomiga shunday deb atalgan.